AKSIAL-PORSHENLI NASOS

AKSIAL-PORSHENLI NASOS – rotori aylanma va porshenlari (7-9 ta) ilgarilama-qaytma harakat qiladigan rotorli nasos. Rotorining aylanish o’qi porshenlar o’qi bilan 0-45° burchak tashkil qiladi. Suyuqlikni haydash bosimi — 30 MPa. Gidravlik uzatmalar, kuch nazorat yuritmalarida qo’llaniladi, gidravlik dvigatel sifatida ishlatiladi.