AZINIY TILLARI

AZINIY TILLARI – miloddan avvalgi 3-2-ming yillikda Osiyoda yashagan xalqlarning tillari. Aziniy tillariga xurrit, subar, Mitan, Urartu (xald), Xett, protoxet; Kichik Osiyo yarim orolidagi luvit, Likiy, lidiy tillari kirgan.

AZIN BO’YOQLAR

AZIN BO’YOQLAR — Urfa rangdagi (qizildan ko’kkacha) bo’yovchi sintetik moddalar, fenazin hosilalari. Ular anilin va paradiaminobenzolni birgalikda oksidlash yo’li bilan olinadi. Azin bo’yoqlar qaytarilganda rangsiz leykobirikmalarga aylanadi va ulardan havodagi … Read More

AZIMUTAL YULDUZ

AZIMUTAL YULDUZ — fundamental astronomiyadagi atama; osmon gumbazidagi vaziyati yaxshi ma’lum bo’lgan, astronomik asbob doimiysini aniqlash uchun kuzatish dasturiga kiritiladigan yorug’ yulduz.

AZIMUT

AZIMUT (Arabcha — yo’l, yo’nalish) (osmon yoritqichi yerdagi biror narsa va shu kabi azimuti) — kuzatish joyining meridian tekisligi bilan kuzatilayotgan ob’yektdan o’tgan vertikal (tik) tekislik orasidagi burchak. Agar tik … Read More

AZIMULLAXON

AZIMULLAXON (? – 1859.7.10, Bxutval) — ingliz mustamlakachilariga qarshi Hindistonda 1857-59 yillarda ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni rahbarlaridan biri. Kanpurdagi maktabda o’qituvchi. Qo’zg’olon boshlanmasdan biroz ilgari Bitxur shahriga ko’chib kelib, Nana Sohib … Read More

AZIMOVA

AZIMOVA Xosiyat (1919.25.7, Jizzax) — aktrisa. O’zbekiston xalq artisti (1981). Ijodiy faoliyatini «Ko’k ko’ylak» to’garagida boshlagan (1932). 1937 yildan Kattaqo’rg’on shahri teatrida, 1966 yildan Jizzax teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: … Read More

AZIMOV

AZIMOV Abduvahob (1897.7.9— Andijon — 1964.1.2) — aktyor va rejissyor. O’zbekiston xalq artisti (1939). Hamza bilan birga Andijon teatrini tashkil qilishda qatnashgan. Truppaning tashkiliy davrida Hamzaning «Boy ila xizmatchi», «Farg’ona … Read More

AZIMJONOVA

AZIMJONOVA Sabohat (1923 yil dekabr, Toshkent) — sharqshunos olima, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari Doktori (1969). Toshkent pedagogika institutini tamomlagan (1942). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy … Read More

AZIMBOY MISKAR

AZIMBOY MISKAR (19-asr o’rtalari) — qo’qonlik hunarmand. Usta Mulla, «Katta miskar» nomlari bilan Farg’ona vodiysida Shuhrat qozongan. Azimboy yasagan chilim, qumg’on, dastsho’, oftoba va boshqa buyumlar O’zbekistondagi muzeylarga qo’yilgan.

AZIM SUYUN

AZIM SUYUN (taxallusi; asl ismi Suyunov Azim Alimovich) (1948.22.2, Samarqand viloyati Nakurt qishlog’i) — shoir. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1997). ToshDU jurnalistika fakultetini tamomlagan (1977). G’afur G’ulom nomidagi adabiyot … Read More