GAZIANTEP

GAZIANTEP — Turkiyaning Janubidagi shahar, Gaziantep elining ma’muriy markazi. Aholisi 600 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Suriyaga boruvchi temir yo’l stantsiyasi. Avtomobil yo’llari tuguni. Mashinasozlik, oziq-ovqat, to’qimachilik, tsement, silikat-keramika, yog’ochsozlik … Read More

GAZAKO’TDOSHLAR

GAZAKO’TDOSHLAR (Gentianaceae) — ikki urug’pallali o’simliklar sinfiga mansub tutash tojli o’simliklar oilasi. Gullari yirik, yorqin tusli, tugunchasi 1-2 chanoqli (uyali), mevasi — ko’sakcha. Yer yuzida 70 turkumga mansub 1000 ga … Read More

GAZ LAZER

GAZ LAZER — aktiv (faol) muhiti gazlar, bug’lar va ularning aralashmalari (sog Ar, He+Ne aralashmasi va boshqalar) dan iborat bo’lgan lazer. Gaz lazerlarining nurlanishi o’ta monoxromatik va yoyilish burchagi o’ta … Read More

GELIOTROP

GELIOTROP — bezak buyumlari tayyorlanadigan o’rtacha qimmatbaho mineral, xaltsedonnit bir turi. Rangi to’q yashil, och-qizil dog’lari bor. Geliotropdan mo’jaz idish, quticha, vaza va hokazolar ishlanadi.

GELIOSENTRIK KOORDINATALAR

GELIOSENTRIK KOORDINATALAR — kosmik jismlar vaziyatini Quyosh markazi va ekliptika tekisligiga nisbatan belgilovchi koordinatalar sistemasi. Katta sayyoralar, asteroidlar, kometalar va boshqa osmon jismlarining harakatini tasvirlashda qo’llaniladi.

GEM

GEM (Yunoncha haima — qon) — gemoglobinning oqsilsiz qismi, unga qizil rang berib turadi; protoporfirin IX va ikki valentli temir moddasidan iborat kompleks birikma.

GEMI…

GEMI… (Yunoncha hemi — yarim, nim) — qo’shma so’z tarkibida kelib, yarmi, teng yarim ma’nosini ifodalaydi (masalan, gemiplegiya).