GEOTEKTONIKA
GEOTEKTONIKA (Geo… va tektonika) — geologiya fanining sohasi. Yer po’sti va yuqori mantiyasi (tektonosfera) ning tarkibi, harakatlari, deformatsiyasi va rivojlanishini o’rganadi.
GEOTEKTONIKA (Geo… va tektonika) — geologiya fanining sohasi. Yer po’sti va yuqori mantiyasi (tektonosfera) ning tarkibi, harakatlari, deformatsiyasi va rivojlanishini o’rganadi.
GEOTEKTURA (Geo… va lotincha Tectura — qoplam) — yerning eng yirik relef belgilari: materiklar va okean botiqlari. Relefning Geotektura elementlari umumsayyoraviy (planetar) kuchlar bilan bog’liq. Ular yer po’sti strukturalarining shakllanishida … Read More
GEOTERMIK POG’ONA – yer po’stining metr hisobidagi chuqurlik intervali, bunda temperatura har bir intervalda g ga ortib boradi. O’rta hisobda Geotermik pog’ona 30-40 metrga to’g’ri keladi, kristall jinslarda esa bir … Read More
GEOTROPIZM (Geo… va Yunoncha Tropos — burilish, yo’nalish, qayrilish) — o’simlik organlarining yer tortish kuchi yo’nalishiga qarab yer markaziga nisbatan muayyan holat olishi. Geotropizm musbat, ya’ni to’g’ri (masalan, ildizning pastga … Read More
GEOSENTRIK KOORDINATALAR – osmon jismlari (Quyosh, oy, sayyoralar va boshqa jismlar) koordinatalarining Yer markaziga nisbatan aniqlanadigan tizimi. Xususan, sun’iy yo’ddoshlarning koordinatalari ham Geosentrik koordinatalarda ifodalanadi.
GERA — yunon mifologiyasida Xudolar malikasi, Zevsning singlisi va xotini. Nikoh homiysi. Shafqatsizlik, qahr-g’azab va rashk qilishi bilan ajralib turgan. Qadimgi Rim mifologiyasidagi Yunonasi mos keladi.
GIRIY — qadimgi o’lchov birligi; qiymati bir kecha-kunduzning 60 dan bir bo’lagiga teng, ya’ni 1G.=0,4 soat =24 daqiqa =1440 s Sharq xalqlari ichida qo’llanilgan.
GIRDOB (fors-tojikcha gird — aylanma, ob — suv) — 1) oqayotgan suvning uyurma harakati; 2) uyurmali qattiq shamol, bo’ron.
GIRO… (Yunoncha gyros — doira, gureno — aylanaman, chirpirak bo’laman) — qo’shma so’zlar tarkibiy qismi; aylanma harakatga oidlikni anglatadi (masalan, giroskop).