GVALIOR

GVALIOR (Gvaliyar, Gvaliur) — Shimoliy Hindistondagi knyazlik (1948 yilgacha). 1948-56 yillarda Madhya-Bharat knyazliklari Ittifoqida bo’lgan. 1956 yildan Gvalior hududi — Madhya-Lradesh shtatining bir qismi.

GVATEMALLAR

GVATEMALLAR — xalq, Gvatemalaning asosiy aholisi (5,6 million kishi). Umumiy soni 5,7 million kishi (1990-yillar o’rtasi). Asosan ispan-indeys metislari (ladino). Ispan tilining gvatemal lahjasida so’zlashadilar. Dindorlari — asosan katoliklar.

GVIANA OQIMI

GVIANA OQIMI – Janubiy Amerikaning shimoliy – Sharqiy qirg’oqlari yaqinidagi iliqoqim (Atlantika okeanida), Janubiy Passat oqimining tarmog’i. Sanroki burnidan (Braziliyada) boshlanib, Gviananing shimoliy-g’arbiy qirg’oqlaridan o’tadi va shimoliy Passat oqimiga qo’shilib … Read More

GVINEYA OQIMI

GVINEYA OQIMI – Atlantika okeanining Gvineya qo’ltig’i shimoliy qismidagi iliq oqim; yozda Passatlararo (Ekvatorial) ters oqim bilan, qishda Kanar oqimi tarmog’i bilan qo’shiladi. Yillik o’rtacha temperaturasi 26 — 27°, sho’rligi … Read More

GEBA

GEBA — yunon mifologiyasida abadiy yoshlik xudosi, Zevs va Geraning qizi, xudolar bazmida soqiylik qilgan. Geraklning xotini.

GDANSK QO’LTIG’I

GDANSK QO’LTIG’I, Gdansk buxtasi — Boltiq dengizidagi muzlamaydigan sayoz qo’ltiq. Quruqlikka 74 kilometr kirib borgan, kiraverish qismining kengligi 107 kilometr, chuqurligi 115 metrgacha, suvining sho’rligi 8%o. Qirg’oqlari qumli. Gdansk qo’ltig’iga … Read More

GALVANO…

GALVANO… (L. Galvaninomidan) — galvanik tokka taalluqli bo’lgan qo’shma so’zlarning tarkibiy qismi (masalan, galvanometr, Galvanotexnika va boshqalar).

GALTEL

GALTEL (nemischa Hohlkehle – o’yiqcha, Nov) — 1) buyum (detal)larning bir sirtidan ikkinchisiga ravon o’tiladigan joyi. Galtel buyumlarning mustahkamligini oshiradi, ichki kuchlanishini kamaytiradi; 2) yuz tomoni shakldor qilib yo’nilgan ensiz … Read More

GALO

GALO (Fransuzcha halo, Yunoncha halos — Quyosh yoki oy gardishi) — atmosferada sodir bo’ladigan optik hodisa. Asosan muz kristallaridan tashkil topgan patsimon qatlamli baland bulutlarda yorug’likning sinishi va qaytishi natijasida … Read More