GALLON

GALLON (inglizcha gallon) — ingliz o’lchov tizimida hajm (sig’im, sig’diruvchanlik) birligi. Buyuk Britaniyada 1G=4,54609 dm3, AQShda suyuqlik uchun 1G=3,78543 dm3, quruq jismlar uchun 1G=4,405 dm3. Gallonning ulush birliklari — Pinta … Read More

GALLAR TILI

GALLAR TILI — hind-Yevropa tillar oilasining kelt guruhiga mansub. 5— 6-asrlarda Galliya hududida lotin tili tomonidan siqib chiqarilgan. Yevropaning boshqa hududlarida bundan ham oldinroq iste’moldan qolgan, hozirgi o’lik til.

GALISIYALIKLAR TILI

GALISIYALIKLAR TILI – hindyevropa tillari oilasining roman guruhiga mansub til. Galisiyaning rasmiy (ispan tili bilan bir qatorda) tili. Unda so’zlashuvchilar soni 4,2 milliondan ortiq (1990-yillar o’rtalari). Yozuvi lotin grafikasi asosida.

GALATLAR

GALATLAR — qadimgi kelt qabilalari. Miloddan avvalgi 278 yilda kichik Osiyo yarim oroliga bostirib kirib, miloddan avvalgi taxminan 232 yil Kichik Osiyoning Markaziy qismida o’rnashib olganlar.

GALATIYA

GALATIYA — qadimda kichik Osiyo yarim orolining Markaziy qismida joylashgan mamlakat. Galatlar qabilasi nomidan olingan. Miloddan avvalgi 25 yildan Rim imperiyasi, so’ngra Vizantiya tarkibida. Milodiy 11- asrda saljuqiylar, 14-asrda esa … Read More

GULBUR

GULBUR — zardo’zlikda naqsh asosida axta tayyorlovchi usta; xon va Amirlik ustaxonasida asosiy mutaxassis hisoblangan.

GULALVON

GULALVON (Coreopsis) — qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik va ko’p yillik o’tlar turkumi. Poyasi 20— 100 santimetr. Guli sariq, to’pgul-savatcha, savatcha atrofidagi gultojbarglari (odatda 8 ta) tilchasimon, o’rtadagilari naychasimon. Barglari … Read More

GUGO KAPET

GUGO KAPET (Hugues Capet; Capatus) (taxminan 940-996) — frantsuz qiroli (987 yildan) Kapetinglar sulolasi asoschisi. Lyudovik V Karoling vafotidan keyin qirol etib saylangan. Gugo Kapet nomigagina qirol bo’lib, uning hokimiyati … Read More