GUVER (HOOVER) GERBERT KLARK

GUVER (HOOVER) GERBERT KLARK (1874— 1964). AQShning 31-prezidenti (Respublikachilar partiyasidan; 1929— 33). 1919-23 yillarda «ara» (Amerika yordam ma’muriyati) rahbari. 1921-28 yillarda savdo vaziri.

GUVASHT

GUVASHT, Gavasht (forscha) — O’n ikki maqom tizimidagi olti ovozaning biri. Guvashtlar maqomlarning mashhur turlaridan bo’lib, o’tmish musiqa risolalari mualliflarining yozishicha, ikki maqom tovush qatorining turli qismlaridan hosil etilgan.

GUVALA

GUVALA, Guvalak — pishitilgan loydan tayyorlangan va quritilgan dumaloq yoki yalpoq shaklli qurilish materiali. Asosan, devorlarni tiklash va sinchli uylarni qurishda ishlatiladi.

GUBKIN

GUBKIN — Rossiya Federatsiyasi Belgorod viloyatidagi shahar (1955 yildan). Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 80 ming kishi (1995). Temir rudasi qazib olinadi. Ruda boyitish kombinati, quruq mineral bo’yoqlar zavodi bor. Shahar … Read More

GUBERNATOR

GUBERNATOR (lotincha gubernator — hokim) — 1) hoz. bir necha davlatlarda (RF, AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya va boshqalar) shtat, viloyat, graflik ma’muriyatining boshlig’i; 2) Rossiyada 1917 yilga qadar gubernada oliy … Read More

GUBERNA

GUBERNA, gubernya, guberniya — Rossiyada 1708 yildan mavjud bo’lgan asosiy ma’muriy-hududiy birlik. Uezdlarga bo’lingan. Ayrim Gubernalar general-gubernatorliklarga Birlashgan. 1917 yilga kelib 78 Guberna mavjud edi, ulardan 25tasi Polsha, Finlyandiya, Boltiqbo’yi … Read More

GUAXIRO

GUAXIRO, goaxiro (o’zlarini vayuu deb atashadi) — aravak guruhiga mansub indeys xalqi. Guaxira yarim orolida yashaydilar. Kolumbiyada — 200 ming kishi, Venesuelada — 65 ming kishi, Panama va Antil orollarida … Read More

GAL

GAL (gal, Gal) — SGS birliklar tizimida tezlanish birligi; G. Galiley (G. Galilei) nomi bilan ataladi. 1 gal= 1 sm/S2, shuningdek ulush birligi milligal ham qo’llaniladi (1 mgal=10″5 m/S2).

GAITILAR

GAITILAR — xalq, Gaitining asosiy aholisi (6,6 million kishi). Shuningdek Dominikana Respublikasi, AQSh, Kuba, Bagama orollarida ham yashaydilar. Umumiy soni 7,2 million kishi (1992). Kreollashgan frantsuz tilida so’zlashadilar (Gaiti kreol … Read More

GAZOLIN

GAZOLIN (gaz va lotincha oleum — moy) — tabiiy neftni haydash yoki sanoat gazlarini ajratish usuli bilan olinadigan suyuq holatdagi to’yingan uglevodorodlar (asosan Butan, pentan va geksanlar) aralashmasi. Karbyurator dvigatellari … Read More