JUL
JUL — 1) ot yopig’i, Abzal; egar ustidan yopiladi. Otni qishda sovuqdan asraydi. Astari kigizdan, avrasi guldor jun sholcha yoki qalin mato (Baxmal, movut va boshqalar)dan tayyorlanadi; matodan tayyorlanganlari kashta … Read More
JUMODULAVVAL (Arabcha) — qamariya yil hisobida, ya’ni oy taqvimida, shuningdek, musulmonlarning hijriy- qamariy yil hisobida beshinchi oyning Arabcha nomi; 30 kunga teng.
JUMODULOXIR (Arabcha) – qamariya yil hisobida, ya’ni oy taqvimida, shuningdek, musulmonlarning hijriy- qamariy yil hisobida oltinchi oyning Arabcha nomi; 29 kunga teng.
«JUMHURIYA», «al-Jumhuriya» – Marda chiqadigan kundalik rasmiy gazeta. 1953 yildan Qohirada Arab tilida nashr etiladi. Siyosat sohasida mamlakat hukumatining siyosiy yo’liga yaqin yo’lni targ’ib qiladi. Adadi 1 million atrofida (2002).
«JUMHURIYAT» – («Cumhuriyet» -«Respublika») — Turkiyadagi ommaviy kundalik gazeta. Istanbulda nashr etiladi. 1923 yilda yozuvchi va jurnalist Yunus Nadi tomonidan tashkil etilgan. Burju- aliberal doiralarining qarashlarini ifodalaydi.
JUNGLI — [changal (zor) so’zining inglizcha buzib talaffuz etilishi].
JUNUSBEKOV ELMUROT (1940.2.3, Tomdi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). Buxoro pedagogika institutining boshlang’ich ta’lim metodikasi fakultetini tugatgan (1967). 1960— 67 yillarda Tomdi tumanidagi 13-maktabda o’qituvchi, 1967 yildan 16-maktab … Read More
JUNXO’RLAR (Irichodectidae) – parxo’rlar turkumining oilasi. Uzunligi 10 millimetrgacha. Tanasi qora rangli, qanotsiz hasharotlar. 200 dan ortiq turi ma’lum. Sut emizuvchilar yungida parazitlik qiladi. Terining muguzlashgan qismlari bilan oziqlanib, uni … Read More