KO’PRIK KRAN

KO’PRIK KRAN — tayanch yoki osma ko’prik ko’rinishida quriladigan ko’tarish krani. Bunda binoning ikki yonidagi baland tayanchlar yoki alohida tayanchlardagi relsda harakatlanuvchi gorizontal balka-ko’prik o’rnatiladi. Ko’prik ustidagi relsda esa kran … Read More

KO’RINISHXONA

KO’RINISHXONA, salomxona -1) O’zbekiston me’morligida Amir, xon, podsho saroyidagi maxsus hashamatli qabulxona. Buxoro arki va Qo’qon o’rdasida Ko’rinishxona namunalari saqlangan; 2) Qo’hna arkdagi xon qabulxonasi.

KO’RINISH

KO’RINISH (teatrda) — dramatik asar yoki teatr tomoshasining tugallangan bir qismi. Ko’rinishlar bir-biridan antrakt bilan emas (parda tushirilsa ham) qisqa tanaffus bilan ajratiladi.

KO’RMANA

KO’RMANA — kelin, kuyov yoki chaqaloqni, 1-marta ko’rgan paytda do’stlar, qarindosh-urug’lar tomonidan beriladigan sovg’a. Ko’rmana kiyim, kiyimlik, ro’zg’or buyumlari, pul, esdalik sovg’a, o’yinchoq va boshqa shakllarda bo’ladi.

KO’TAL

KO’TAL — tog’lardan oshib utgan yo’l, pastroq dovon. Ko’tal so’zi tarixiy manbalarda, masalan, «Bobirnoma»da joy nomlari tarkibida uchraydi. O’zbekistonda O’zbekkutal, Qozoqko’tal degan joylar bor.

KO’SA

KO’SA — soqol-mo’ylovi chiqmagan yoki siyrak chiqqan erkak kishi. Ko’salik irsiy omillarga, ba’zan esa gormoval kamchiliklarga bog’liq bo’ladi.

KO’RFAZ

KO’RFAZ (forscha) — okean, dengiz yoki ko’lning quruqlik ichkarisiga ancha turtib kirgan qismi, masalan, Fors ko’rfazi.

KO’TARILMA OQIM

KO’TARILMA OQIM – ko’l, dengizlarda suvning yuqoriga ko’tarilib chiqishi. Shamol ko’l, dengizning yuza qismidagi suvni haydab ketib, suv sathi pasayganda pastdan suv ko’tarilib chiqadi. Mo’tadil mintaqalardagi ko’llarda qish boshida yuzadagi … Read More

KO’HAK

KO’HAK (forscha — kichik tog’) — zarafshon tizmasidagi kichik tog’, tepalik. Samarqand shahri yaqinidagi hozirgi Cho’ponota tepaligining qadimgi nomi. Dastlab Yoqut Hamaviy, Istaxriy, Ibn Havqal asarlarida Jabali Ko’hak («Ko’hak tog’i») … Read More