KO’TARILMA OQIM

KO’TARILMA OQIM – ko’l, dengizlarda suvning yuqoriga ko’tarilib chiqishi. Shamol ko’l, dengizning yuza qismidagi suvni haydab ketib, suv sathi pasayganda pastdan suv ko’tarilib chiqadi. Mo’tadil mintaqalardagi ko’llarda qish boshida yuzadagi suv sovib, og’irlashib pastga to’shadi va uning o’rniga pastdan engilroq iliq suv chiqadi. Natijada ko’tarilma va pasayma oqim vujudga keladi.