Lishayniklar

Lishayniklar (Lichenes) – zamburug’larning maxsus bir guruhi; suv o’tlari va zamburuglardan tarkib topgan tirik organizmlar kompleksi. Ayrim botaniklar Lishayniklarga tuban o’simliklarning alohida bir guruhi sifatida qarashadi. Lishayniklar haqidagi fan lixenologiya … Read More

Lobbi, lobbizm

Lobbi, lobbizm (inglizcha Lobby — kluarlar, xos xonalar) — davlat idoralari, Qonunchilik, ijroiya, sud hokimiyatlarining mintaqalar iqtisodiyoti ayrim tarmoqlari va sohalarini, korxonalar, ijtimoiy guruhlarni ob’yektiv zarurat taqozosi bilan emas, balki … Read More

Lobachevskiy geometriyasi

Lobachevskiy geometriyasi – Evklid geometriyasinpng aksiomalar sistemasidan faqat parallellik aksiomasi bilan farq qiladigan, aksiomalar sistemasiga asoslangan geometrik nazariya. Lobachevskiy geometriyasida Evklidning parallellik aksiomasi o’rniga quyidagi aksioma qabul qilinadi: agar to’g’ri … Read More

Lobachevskiy Nikolay Ivanovich

Lobachevskiy Nikolay Ivanovich [1792.20.11(1.12), Nijniy Novgorod -1856.12(24). 2, Qozon] — rus matematigi, noevklid geometriyani yaratgan. Qozon universitetini tugatgach (1811), shu universitetda o’qituvchi, professor (1816), fakultet dekani (1820-26), rektor (1827-46). Lobachevskiy … Read More

Liq-liq, xolodes

Liq-liq, xolodes — mol, qo’y, buzoqlarning kalla-pochalaridan tayyorlanadigan yaxna taom. Mol yoki qo’yning kalla-pochalari, oyoq qismi kuydirilib, yaxshilab tozalanadi, so’ng bo’laklarga bo’linadi, suyaklari esa chopilib, 3-4 soat sovuq suvga solib … Read More

Liqildoq, tepatosh

Liqildoq, tepatosh — chaqaloqlar kalla gumbazi suyaklarining birikish joylaridagi pardali kamgak (qism). Miya arteriyasi pulsasiyasi tufayli bu kamgaklar liqillab turadi (nomi shundan olingan). Chaqaloqlarning peshona qismida romb shaklida, ensa sohasida … Read More

Long-Bich

Long-Bich – AQShning g’arbiy qismidagi shahar, Kaliforniya shtatida, Tinch okean sohilida. Aholisi 461,5 ming kishi (2000). San-Pedro qo’ltig’idagi port (yillik yuk ortib-tushirish 45 million tonna atrofida). Baliq ovlash floti bazasi. … Read More

Lxasa

Lxasa (tibetcha «xudolar makoni») — Xitoyning Janubiy-g’arbiy qismidagi shahar. Tibet Muxtor rayonnining ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Tibet tog’ligidagi Jichu daryosi (Brahmaputra irmog’i) vodiysida, dengiz sathidan 3650 metr balandlikda joylashgan. … Read More

Lutfulloh bin Fathulloh Chustiy

Lutfulloh bin Fathulloh Chustiy (taxminan 1485, Farg’ona vodiysi, Axsikent mavzesi — taxminan 1571) — naqshbandiylik tariqatining mashhur namoyandasi. Axsikentdagi madrasada tahsil oladi. Ilmini takomillashtirish maqsadida Samarqandga keladi. Ba’zi manbalarda Xo’ja … Read More

Lutfullo Mavlono masjidi

Lutfullo Mavlono masjidi — Namangan viloyati Chust tumanidagi me’moriy yodgorlik (20-asr boshlari). Dastlab masjid, madrasa, minora, maqbara va boshqa binolardan iborat ansambl bo’lgan. Bizgacha bir tomoni ustunli masjid ayvoni (28×7,2 … Read More