NOTARIAT
NOTARIAT (lot. notarius – mirza, kotib) — yuridik ahamiyatga ega bo’lgan huquqlar va faktlarni tasdiqlash vazifasi topshirilgan va qonunda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni bajaruvchi organlar tizimi.
NOTARIAT (lot. notarius – mirza, kotib) — yuridik ahamiyatga ega bo’lgan huquqlar va faktlarni tasdiqlash vazifasi topshirilgan va qonunda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni bajaruvchi organlar tizimi.
NORMATIV-HUQUQIY XUJJATLAR — vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburiy ko’rsatmasi. Ularda huquq normalari (qonun, kodeks, farmon, qaror, yo’riqnoma va boshqalar) o’rnatiladi, o’zgartiriladi va bekor qilinadi.
NOOKRATIYA (lot. noos – aql, idrok) — aql-idrokning hukmron bo’lishi.
NOMINAL (lot. nominalis – nomiga berilgan, yozilgan) — rasmiylashgan, o’rnatilgan, belgilangan.
NOMENKLATURA (lot. nomenclatura – ro’yxat) — 1) bilim yoki faoliyatning biror maxsus sohasida qo’llaniladigan terminlarning majmui, nomi; 2) yuqori organ tomonidan yoki alohida tartibda tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslar va … Read More
NOLEGAL — qonunsiz, qonun taqiqlab qo’ygan, qonunni cheklab qilingan, yashirin.
NOMA (fors. xat, maktub) — 1) xat, maktub, farmon, yozilgan narsa.
NEPOTIZM — o’z odamlariga homiylik qilish. O’zbek jamiyati uchun Nepotizm g’arbdagidan mutlaqo boshqachadir. Har holda bu hodisani xalq axloqi rad etmaydi, balki qandaydir o’z-o‗zidan anglashiladigan bir narsa deb qabul qiladi.
NEGATIV HUQUQLAR (erkinliklar) — davlat, odamlarning shaxsga nisbatan biror harakatini cheklaydi. Ular tub, asosiy, deb hisoblanadi. Ularning amalga oshishi davlat resurslariga bog’liq emas.