NIKOH

NIKOH — ikki jins vakillarining o‗zaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq. U faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ijtimoiy munosabat sifatida Nikoh turli jamiyat va tuzumlarda turlicha ko’rinishda bo’lgan. Nikohni qayd qilish tartibi, Nikoh yoshiga qo’yiladigan talablar turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi.