Natyajeniye vtorichnoye, ikkilamchi bitish nima degani
Natyajeniye vtorichnoye, ikkilamchi bitish nima degani – yara chetlarining ikkilamchi (granulyatsiyalar paydo bo’lishi orqali) yaqinlashishi natijasida yaraning chandiqlanib bitishi.
Natyajeniye vtorichnoye, ikkilamchi bitish nima degani – yara chetlarining ikkilamchi (granulyatsiyalar paydo bo’lishi orqali) yaqinlashishi natijasida yaraning chandiqlanib bitishi.
Nevmenyayemost, essizlik, esni yo’qotish nima degani – ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida shaxsning ruhiy kasalligi tufayli o’z harakatlarinign (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan holati. Aqli norasolik … Read More
Nevrogliya nima degani – markaziy nerv sistemasining to’qimasi; tayanch, himoya va trofik funksiyalarini bajarib, nerv impulslarining kelib chiqishida va o’tkazishda ishtirok etadi.
Nevrologiya nima degani – tibbiyot fanining nerv sistemasining rivojlanishi, tuzilishi, funksiyasi, kasalliklari va ularni davolashni o’rganadigan bo’limi.
Nevropatiya nima degani – vegetativ nerv sistemasining qo’zg’alish bo’sag’asi pasayib ketadigan tug’ma disfunksiyasi oqibatida kelib chiqadigan holat. Harakat va sezish faoliyatining buzilishi, mushaklar tonusining pasayishi va boshqa o’zgarishlar.
Nevropatologiya nima degani – navrologiyaning nerv kasalliklarining kelib chiqish sabablari va mexanizmlari, diagnostika usullari, davolash va oldini olish yo’llarini o’rganadigan bo’limi.
Negativizm nima degani – irodaning spetsisifik buzilishlaridan biri. Nofaol negativizmda bemor talab qilinayotgan harakatni bajarmaydi. Faol negativizmda bemor talab qilinayotgan harakatning aksini qiladi.
Nederjaniye affekta, his-hayajonni yashira olmaslik nima degani – arzimas bahonalarda ham o’zini tuta olmaslik reaktsiyasi (yig’loqilik, achchiq qilish va boshqalar.
Neyrogormon(i) nima degani – neyrosekretlar, alohida neyronlar – gipotalamus neyrosekretor hujayralari ishlab chiqaradigan fiziologik faol moddalar.
Neyrodermatomiozit nima degani – periferik va markaziy nerv sistemasi jarohatining aniq, chuqur rivojlangan belgilari bilan namoyon bo’luvchi dermatomiozit.