Purkash (changlash, sochish, parchalanish)
Purkash (changlash, sochish, parchalanish) – maydalash, kukunga aylantirish. Masalan: havo bosimisiz purkash, suyuqliklarni purkash, oqimning parchalanishi, eritma (qorishma)ni purkash va hokazolar.
Purkash (changlash, sochish, parchalanish) – maydalash, kukunga aylantirish. Masalan: havo bosimisiz purkash, suyuqliklarni purkash, oqimning parchalanishi, eritma (qorishma)ni purkash va hokazolar.
Pufak shakllanishi – qoplamaning bir yoki bir nechta qatlamini mahalliy ajratish natijasida plyonkalarda yuzaga kelgan deformatsiya.
Purkamoq (sachratmoq) – sepmoq, birovga yoki biror narsaga sachratmoq.
Pult – qurilmalar, jarayon va signallar ishlashini kuzatish va nazorat qilish uchun elektron boshqaruv qurilmasi. Masalan: umumiy boshqaruv pulti, boshqaruv pulti.
Purkagich – suv hamda suvli eritmani sepish yoki sachratish uchun qurilma. Masalan: yopiq purkagich, ochiq purkagich, ko’chma purkagich va hokazolar.
Pudratchi – muayyan vazifani bajarish uchun shartnoma bo’yicha ishlovchi shaxs yoki muassasa.
Puanson – metallga ishlov berishda metallarni bosish kabi materiallarni markalash, shtamplash va presslashda ishlatiladigan asbobning asosiy qismlaridan biri.
Prujina – mexanik energiyani to’playdigan va beriladigan yoki yutuvchi mashinalar va turli mexanizmlarning elastik elementi; yuk olib tashlanganidan keyin asl holatiga qaytadigan elastik element shaklidagi mexanik qurilma.
Profnastil – metall profildan tayyorlangan list bo’lib, uning ustki qismiga ketma-ket ravishda polimer, gruntovka, passivator vat sink qatlamlari beriladi.
Profillangan listlar – to’suvchi konstruksiyalar uchun to’lqinsimon metall listlar.