Qurimoq
Qurimoq – namlikni yo’qotish, quritish.
Qurimoq – namlikni yo’qotish, quritish.
Qurilmalar unsurlarini (elementlarini) joyiga moslash – birikish zichligini ta’minlash uchun qurilmalar elementlari tutashuvchi satxlarga me’yoriy o’lchamlarda berilgandek ishlov berish.
Qurilma unsuri (elementi) – yig’ma yoki yaxlit quyma qurilmaning tarkibiy qismi, masalan to’sin, ustun, ustunlar orasidagi bog’lovchilar, panjarasimon qurilmalar o’zaklari va shu kabilar.
Qurilmagan – 1) bo’sh qolgan, bo’m-bo’sh; 2) kapital qurilish ob’yektlari mavjud bo’lmagan yer uchastkasi.
Qurilma shaklining o’zgarishi – kuch omillarining ta’siri natijasida hosil bo’lgan materialning mikroskopik uzilishlarsiz qoldiq deformatsiyasi.
Qurilma drenajli – yuqori suv o’tkazuvchanlik, suv shimdiruvchanlik xususiyati yoki filtratsion xossalarga ega bo’lgan materialni o’z tarkibiga kirituvchi konstruksiya.
Qurilma diafragmasi – fazoviy qurilmalarni bikrligini oshirishga imkon beruvchi yaxlit yoki panjarasimon element.
Qurilma (moslama, tuzilish ma’nosida) – murakkab ichki tuzilishga ega bo’lgan, odatda texnologiya sohasida muayyan funksiyalarni bajarish uchun yaratilgan sun’iy ob’yekt (qurilma, mexanizm, tuzilma, o’rnatma, apparat, mashina).
Qurilma (bino, imorat ma’nosida) – bior narsa qurish uchun qurilish ishlari. Masalan: g’ishtli bino, sinchli imorat, qoziqli qurilma va hokazolar.