Ratsionalizatsiya
Ratsionalizatsiya, ratsionallashtirish (lot. rationalis — aqlli, oqil) — biron-bir narsani takomillashtirish, yanada maqsadga muvofiq tashkillashtirish (masalan, ishlab chiqarishni Ratsionalizatsiya).
Ratsionalizatsiya, ratsionallashtirish (lot. rationalis — aqlli, oqil) — biron-bir narsani takomillashtirish, yanada maqsadga muvofiq tashkillashtirish (masalan, ishlab chiqarishni Ratsionalizatsiya).
Ratsional sonlar — ikki butun sonning nisbati sifatida ifodalanadigan sonlar.
Raund (ing. round) — boksda 3 minglik olishuv davri. Havaskorlik boksida olishuv 3 Raund, professional boksda esa 15 Raundgacha davom etishi mumkin.
Ratisidlar (Frans. rat — kalamush va lot. caedo — o’ldiraman) — Pestisidlar.
RAJABOV SOBIR (1940.1.9, Hazorasp tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1994). Xorazm pedagogika institutini tugatgan (1962). 1962 yildan Hazorasp tumanidagi 1, 45-maktablarda fizika-matematika, 1993 yildan 1-iqtidorli bolalar litseyida matematika o’qituvchisi. … Read More
RASSOM — osmon sferasining Janubiy yarim sharidagi kichik yulduzlar turkumi. Rassom Oltin baliq, iskana, kabutar, kema quyrug’i, Kit va uchar baliq yulduz turkumlari oralig’ida joylashgan. Rassom qish oylarida ko’rinadi.
RAZVYORTKA (ruscha) — metall detallarning teshiklariga toza ishlov berish uchun mo’ljallangan ko’p tig’li asbob. O’tkir qilib charxlangan bo’ylama tishlari bor tana (sterjen) ko’rinishida bo’ladi. Dastaki (buramaga o’rnatib qo’lda ishlatiladigan) va … Read More