RO’VAKO’T

RO’VAKO’T (Calamagrostis) — bug’doydoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. Yer yuzida 150 ga yaqin turi bor. O’rta Osiyoda 16, O’zbekistonda 3 turi o’sadi. Ro’vakot o’rmonlarda, cho’l va adirlarda, daryo va soy sohillarida tarqalgan. Hamma turidan yemxashak tayyorlanadi.