SEMESTR
SEMESTR (lotincha sex — olti, mensis — oy) — oliy o’quv yurti, kasb-hunar kolleji, akademik litseylarda o’quv yilining yarmi. Bir Semestr, odatda, 16— 18 o’quv haftasidan iborat bo’ladi. Har Semestr … Read More
SELLAR — qadimgi latish qabila ittifoqi; 13-asrda hozirgi Latviyaning Janubiy hududi, Litvaning shimoli sharqidagi qo’shni rayonlarda istiqomat qilganlar. 1208 yil salibchilar tomonidan bosib olingan. Latish va Litva elatlari tarkibiga kirgan.
SELISHLAR — Kanadaning Janubi g’arbi va AQShning shim.g’arbidagi indeys xalqlari guruhi. 20 ming kishidan ortiq (1990-yillar o’rtalari). Selish tillarida so’zlashadi. Dindorlari — xristianlar. Selishlar baliq ovlash, dyongiz ovchiligi bilan shug’ullanadi.
SELETITENGIZ — Qozog’istonning Shimoliy Qozog’iston viloyati (qisman Pavlodar viloyati chegarasi)dagi taxirsho’r oqmas ko’l. Maydoni yilning sernam yoki qurg’oqchil kelishiga qarab o’zgarib turadi (777 kilometr kub). Eng chuqur joyi 3,2 metr. … Read More
SEZER AXMET NEJDET (1941.13.9, Af’yon shahri) — Turkiya davlat arbobi. Anqara universitetining huquqshunoslik fakultetini tugatgan (1962). 1962 yildan Ankara, Dijla va Erkoy shaharlaridagi sud organlarida ishlagan. 1983 yildan Turkiya Oliy … Read More
SVANETIYA TIZMASI – Gruziyadagi tog’ tizmasi, Inguri va Sxenisskali daryolarining yuqori qismlari oralig’ida. Uzunligi 85 kilometr. Eng baland joyi 4008 metr (Layla tog’i). Gilli slaneslar, qisman kvarsitlardan tarkib topgan. Pastki … Read More