SELENIT

Ma’nosi

SELENIT (Yunoncha selene — oy) — gips turi, mineral. Odatda, tog’ jinslari yoriqlarida devorlarga perpendikulyar joylashgan ingichka tolasimon mineral agregatlar hosil qiladi. Uzunligi 10-15 santimetrgacha bo’lib, yorug’lik nurlarini ipak singari chiroyli aks ettiradi. Turli aralashmalariga qarab rangi oq, zangori oqdan sariq va pushti ranggacha bo’ladi. Selenit bezaktosh sifatida keng qo’llaniladi.

O‘xshash so‘zlar

S harfi: barcha so‘zlar