SHAYIN

SHAYIN (Arabcha) — ikki uchiga Tarozi pallalari osib qo’yiladigan moslama, yelka. Temir yoki yog’ochdan qilinadi. Shayin tortiladigan narsa og’irligini aniklash uchun xizmat qiladi.

SHABLON

SHABLON (Yunoncha schablone — namuna) — 1) tayyor buyumlar shaklining to’g’riligini tekshiradigan asbob, moslama; 2) tabiiy kattalikda tayyorlangan detal (me’morlik, qurilish) chizmasi; 3) ko’chma ma’noda — ko’rko’rona taqlid qilish.

SHABDOR

SHABDOR, Eron sebargasi (Trifolium resupinatum. L.) — sebargadoshlar turkumiga mansub bir yillik o’tsimon o’simlik turi, yemxashak ekini.

SHABAKA

SHABAKA — metall buyumlarda panjarasimon bezak yaratish usuli. Zargarlik, kandakorliqda keng tarqalgan. Metall buyumlar va ularning qismlari (qopqoq, dasta va boshqalar)ni bezashda, zargarlik buyumlari yaratishda kullanadi. Shu usulda yaratilgan buyumlar … Read More