TITOIZM
TITOIZM — Yugaslaviya yetakchisi Iosif Broz Tito nomi bilan bog’liq kommunistik mafkura.
TITOIZM — Yugaslaviya yetakchisi Iosif Broz Tito nomi bilan bog’liq kommunistik mafkura.
TIRANIYA — zulmga, istibdodga asoslangan boshqaruv.
TIRAN (yun) — qadimgi Yunonistonda hokimiyatni zo’rlik bilan egallagan shaxs.
TEST (ing. sinov, tadqiqot) — to’g’ridan-to’g’ri kuzatib bo’lmaydigan murakkab xususiyatlarni va sifatlarni o’rganish, o’lchash usuli, texnikasi. Avval psixologiyada ishlab chiqilgan.
TERROR (lot. qo’rquv, daxshat) — qo’rqitish siyosati, siyosatda zo’ravonlik.
TERRORISTIK HARAKAT — konstitutsion tuzum asoslariga, davlat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat.
TEOLOGIK PARADIGMA — siyosiy fikr paradigmalaridan biri. Teologik paradigma davlat hokimiyatini ilohiy deb biladi va uning manbaini ilohiy iroda va diniy kitoblarda ko’radi.
TENDER (ing. xizmat ko’rsatmoq) — buyurtmalarni joylashtirishning tanlov shakli. U buyurtmachi tomonidan turli ob‘yektlarni qurish, har xil xizmatlarni bajarishga pudratchilarni jalb qilish va boshqa tadbirlar uchun uyushtiriladi.
TENDENSIYA (lot. Yo’naltirish, intilish) — 1) biror narsaga intilish, moyillik; 2) biror holat, hodisa rivojlanishi yo’nalishi.