USLUB
USLUB – ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi.
USLUB – ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi.
URBANIZATSIYA – jamiyat taraqqiyotida shaharlar rolini oshirish jarayoni. Urbanizatsiya jarayoni shahar aholisining tabiiy o’sishi, qishloq aholi punktlarini shaharlarga aylantirish, keng shahar oldi hududlarini shakllantirish hamda aholining qishloq joylaridan shahar joylariga … Read More
UNUMDORLIK – foydalanilgan moddiy resurslar yoki xarajat birligiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan ish birligi.
UNUMLI ISTE’MOL – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan, ish kuchidan va ishlab chiqarishga sarflangan kapitaldan foydalanish darajasini ifodalaydi.
UNITAR DAVLAT – ma’muriy hududiy birligiga ko’ra yagona qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat, yagona davlat organlari tizimi, yagona konstitutsiya mavjud bo’lgan davlat.
UNIFIKATSIYA – turli xildagi mahsulotlar, detallar, uzellar va boshqa qo’llaniladigan materiallar va texnologik jarayonlarni rasional jihatdan bir xilligini ta’minlash.
UNDIRMA SANOAT RENTASI – asosan yer osti, yer usti boyliklarining joylashish darajasiga qarab belgilanadigan rentaga aytiladi.
UMUMUSLUBIY USULLAR – taftish, audit, tahlil, mavzuli tekshirish, tadqiq qilish, pirovard natijaga dasturiy baholash, “sanset” uslubi.
UMUMLASHTIRILGAN SMETA – foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotning loyihasi.
UMUMLASHTIRILGAN MOLIYAVIY SMETA (BUDJET) daromadlar va sarflar yig’ilgan shaklda keltirilgan naqd pul mablag‘larining harakati hisoblangan va balansi aks ettirilgan yig’ma hujjat.