Vannaxona
Vannaxona – vanna joylashgan xona, kvartira yoki turar-joy binosida cho’milish yoki dush olish uchun mo’ljallangan (dush xonasi) xona.
Vannaxona – vanna joylashgan xona, kvartira yoki turar-joy binosida cho’milish yoki dush olish uchun mo’ljallangan (dush xonasi) xona.
Vanna (toshtos) – 1) cho’milish, yuvinish uchun katta cho’zinchoq idish; 2) ichiga suyuqlik solinadigan idish (sig’im).
Valma – uchburchak shakliga ega bo’lgan va binoning ko’ndalang tomonida joylashadigan tom nishabi (chodirshimon tosh nishabi).
Valik – turli sirtlarga bo’yoq va laklar hamda boshqa himoya va dekorativ qoplamalrni surtish uchun ishlatiladigan qurilish asbobi.
Vaqtbay ishlovchi – bajarishga sarflangan vaqtga qarab to’lanadigan; bunday to’lov asosida ishlovchi.
Vaqtbay (vaqtli) – 1) belgilangan muddatga chiquvchi, muntazam; davriy; 2) sarflangan vaqtga qarab hisoblangan yoki to’langan.
Vaqt muvozanati – ish, ishdan tashqari va erkin vaqt kattaligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi.
Vayrona (xaroba) – buzilib ketgan imorat, bino, inshoot qoldig’i.
Vayma – 1) yog’och detallarni mahsulot qilib yig’ish uchun mo’ljallangan qurilma yoki mashinaning eskirgan nomi; 2) yelimlab birlashtiradigan taxtalarni ponalar yordamida qisish uchun mustahkam yog’ochdan tayyorlanadigan moslama (skoba).