Chalob nimani anglatishini bilasizmi

Ma’nosi

Chalob nimani anglatishini bilasizmi – qatiq yoki suzmadan tayyorlanadigan chanqovbosar ichimlik. Chalobni tayyorlash uchun suzma (1 kg suzmaga 2 litr suv) qaynatib sovitilgan suv bilan yaxshilab atalanadi. So’ng tuz, qalampir, ko’kpiyoz, kashnich, ukrop, rayhon va boshqalarni mayda to’g’rab, atalangan suzmaga solib aralashtiriladi. Tayyor chalob iste’moldan oldin sovitiladi yoki muz solinadi. Chalob yozning issiq kunlarida chanqoqni yaxshi bosadi.

O‘xshash so‘zlar

Ch harfiga oid qishloq xo'jalik atamalari: barcha so‘zlar