CHAVES (CHAVEZ) FRIAS UGO RAFAEL

CHAVES (CHAVEZ) FRIAS UGO RAFAEL (1954.28.7, Barinas shtati) — Venesuela davlat arbobi. Harbiy bilim yurtini tugatgan (1975). KOMAKATE tashkilotida hukumatga qarshi yashirin faoliyat bilan shug’ullangan. 1980-yillar oxiri — 1990-yillar boshida tashkilot harakati faollashgan. Chaves 1992 yil 4 Fevraldagi armiya kolonnalari isyoniga rahbarlik qilgan, ammo hukumat isyonni bostirishga erishgan va Chaves qamoqqa olingan. 1994 yil avf etilgan; ozodlikka chiqib yana siyosat bilan shug’ullangan. Prezident saylovi kampaniyasida qatnashib, g’olib chiqqan va 1998 yil dekabrdan Venesuela Bolivar Respublikasi prezidenti.