CHEGARA QO’SHINLARI

CHEGARA QO’SHINLARI — davlatning quruqlikdagi, dengiz va daryo (ko’l)dagi chegaralarini himoya qilishga mo’ljallangan qo’shinlar. O’zbekiston Respublikasida Chegara qo’shinlari mamlakat chegarasining daxlsizligini ta‘minlaydi, davlat chegarasining qonunsiz buzilishiga qarshi kurashadi. Chegara qo’shinlari zamonaviy harbiy texnika vositalari bilan qurollantirilgan.