CHILLISOY

Ma’nosi

CHILLISOY — Toshkent viloyatidagi soy. Uzunligi 35 kilometr. Suv sarfi 4 metr kub/sekund. Chillisoy Buzsuv kanalidan boshlanadigan chap Sohil Qorasuv kanalidan suv oladi va Bo’ka tumanidagi bir necha kollektor (tashlama) suvini qabul qiladi. Bo’ka tumanidagi ekin maydonlarini sug’oradi. Suvining qolgan qismi Sirdaryo bo’yidagi botqoqliklarga quyiladi.

O‘xshash so‘zlar

CH harfi: barcha so‘zlar