Choy bizga qayerdan kepqolgan?
Siz, insonga bundan minglarcha yillar ilgari ham xush yoqqan ichimlikdan biz ham haliga qadar ichayotganimiz xususida o’ylab qolsangiz, g’oyatda maroqli tuyulishi turgan gap! Choy aynan shunday ichimliklar sirasiga kiradi. Xitoyliklar choyning muloyim qo’zg’atuvchi kuchining qadrini bundan 4000 yil ilgari ham bilishgan! G’arb dunyosining esa hali bu ichimlikni tanishi va yaxshi ko’rib qolishi uchun ancha kutishiga to’gri keldi, — hamma gap shundaki, choy Yevropaga bundan qariyb 300 yil oldin keltirilgan edi. Xun asrning boshlarida Yevropa va Shimoliy Amerikada choy icha boshlashdi. Choyning eng a’lo navlarini Shimoliy Amerikaga va Yevropaga tashib olib kelish uchun hattoki «choy klipperlari» deb atalgan tezyurar kemalar ham bo’lgan. Inglizlar Hindistonning Assam shahrida yovvoyi holda o’sadigan choy butalarini ko’rib qolishadi. Biologlar xitoyliklar urug’ni Hindistondan olib kelishgan va Xitoy zaminiga ekishgan, deb hisoblashadi, chunki bu o’lkada yovvoyi holda o’sadigan choy topilmagan. Britaniyaliklar Hindistonda o’suvchi butalardan ham xuddi Xitoyniki singari yaxshi choy olinishini payqashdi. Bora-bora dastlab Hindistonda, keyin esa Sarandib-Tseylonda katta-katta choyzorlar vujudga kela boshladi. Choy shuningdek Yava, Sumatra va Formoz orollarida ham har doimo o’sgan. Choy butasining ikki turi mavjud. Xitoyda ularning bo’yi 1 metrga yetadi. Hindistondagi butalarning bo’yi esa, mabodo, o’zlariga qo’yib berishsa, 6 metr balandlikkacha gurkiraydi. Siz, inglizlar eng ashaddiy choyxo’r xalq ekanligini bilasizmi? Inglizlardan har biri bir yilda 4 kilogrammgacha choy ichsa, amerikalik aynan shu muddat ichida atigi 0,5 qilogramm choy bilan kifoyalanadi.