Daloilxona
Daloilxona-XX asr boshlariga qadar O’rta Osiyoning yirik shaharlarida faoliyat ko’rsatgan diniy maktab. Daloilxonaga savodi chiqqan bolalargina qabul qilingan. Unda dastlab bolalarga Qur’onning ayrim suralari va satrlari, so’ngra asosiy kitob “Daloil ul-hayrot” yodlatilgan. Daloilxonani tugatganlar katta obro’ga ega bo’lib, ayrimlari islom dinining targ’ibotchisi sifatida maddohlik ham qilishgan.