Dasht qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Dasht qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Qashqadaryo oblastining Qarshi rayoni; Farg’ona oblastining Farg’ona rayoni, Bog’dod rayoni; Andijon oblastining Izboskan rayonlarida. Dasht aslida geografik termin bo’lib, “dala, ovloq joy”, Eronda esa “toshloq cho’l” ma’nolarida ishlatiladi. Ana shunday ovloq, ochiq joylardagi qishloqlar Dasht deb yuritilgan. Ba’zi hollarda bu so’z toponim tarkibida ham uchraydi: Dasht mahalla (Andijon, Farg’ona oblastlarida), ya’ni “dashtdagi mahalla”, Dasht Hasan (Farg’ona oblasti) “Hasan dashti” va hokazolar.

Fikr bildirish