DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI

Ma’nosi

DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI — fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokining vakillik shakli. Davlat hokimiyati vakillik organi vakillik xususiyati ularning saylov yo‗li bilan tashkil etilishi, masalalar jamoa tomonidan erkin muhokama asosida hal qilinishidan, oshkoralikdan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ular saylaydigan, tasdiqlaydigan yoki tayinlaydigan mansabdor shaxslar vakillik organi oldida mas‘ul bo’lishidan va hisob berib turishidan, qonuniylikdan, fuqarolarni davlat ishlarini boshqarish ishiga keng ko’lamda jalb etishidan, jamoatchilik fikrini doimo hisobga olishidan iborat. O’zbekiston Respublikasida Davlat hokimiyati vakillik organi tarkibiga oliy vakillik organi – Oliy Majlis va mahalliy vakillik organlariga – hokim boshchilik qiladigan viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari kiradi.

O‘xshash so‘zlar

D harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar