DAVLAT KOTIBI

Ma’nosi

DAVLAT KOTIBI — Yevropa va Amerikaning bir necha davlatlarida oliy davlat amaldorlarining nomi. Masalan, AQSHda – Davlat departamenti, ya‘ni tashqi siyosiy mahkamasining rahbari; Buyuk Britaniyada – ichki ishlar, mudofaa, Shotlandiya ishlari bo‗yicha va h.k. ayrim mahkamalarning boshlig’i; Belgiyada Davlat kotibi amalda vazirlarning o’rinbosari hisoblanadi. Meksika va Lotin Amerikasining boshqa ba‘zi mamlakatlarida vazirlar Davlat kotibi deb nomlanadi.

O‘xshash so‘zlar

D harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar