DAVLATNING SOLIQ TIZIMI

DAVLATNING SOLIQ TIZIMI – muayyan sharoitda davlat foydasiga undiriladigan soliq turlarining majmuyi. Unga soliqlarning turlari, miqdori, soliq imtiyozlari, undiriladigan soliqlarni aniqlash kabilar kiradi. Soliq tizimining vazifalari mavjud bo’lib, ulardan: soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda faoliyat yuritishni rag’batlantirish yoki cheklash, aholining ayrim tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlarni berish kabilar eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Soliq tizimi o’zgaruvchan bo’ladi.