Defenziva
Defenziva (lotincha defensivus-qo’riqchi, fransuzcha defensive, defender-qo’riqlamoq, himoya qilmoq)-urushdagi himoya taktikasining eskirgan nomi. Polshada bu atama, asosan, kontrrazvedkani anglatish uchun qo’llanilgan va Sovet – Polsha urushi (1919-1921) oxirigacha keng istifoda etilgan. 1- va 2-jahon urushlari oralig’ida Polshada kontrrazvedka va siyosiy politsiya rolini bajargan davlat tashkiloti shunday atalgan. Mamlakat Germaniya tomonidan okkupatsiya qilingach, Defenziva yashirin faoliyat olib borgan va britan maxsus xizmati bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan.