Dekorativ keramika
Dekorativ keramika – bino va inshootlar devorlari va ichki qismlarini bezash uchun mo’ljallangan dekorativ keramika. Maqsadiga ko’ra dekorativ keramikalar qurilish (keramik plitkalarning barcha turlari, koshinlar, toshli plitkalar, panno va boshqalar) va badiiy dekorativ (haykallar, vizalar, ba’zi turdagi idishlar va boshqalar) turlarga bo’linadi. O’z navbatida badiiy dekorativ sirlangan (forfor-fayansli mahsulotlar va mayolika) va sirlanmagan (terrakota) larga ajratiladi. Keramik mahsulotlar tuproq (gil;, kaolit) yoki anorganik moddalarni pishirish yo’li bilan olinadi.