DENATSIONALIZATSIYA
DENATSIONALIZATSIYA (de… va natsionalizatsiya), reprivitizatsiya — davlat mulk obyektlari (zavod, fabrika, bank, yer-suv, uy-joy va boshqalar)ni xususiylashtirish; davlat ixtiyoridagi mulklarni xususiy mulkka aylantirish. Asosan kam foyda beruvchi va zarariga ishlayotgan korxonalar Denatsionalizatsiya qilinadi. Bunda davlat ko’p foyda bermaydigan korxonalarni avval milliylashtirib, budjet mablag’i hisobidan yangi texnika va texnologiya bilan jihozlantirgan va ishlab chiqarishni jonlantirgan holda mulk egalariga qaytaradi.