DENONSATSIYA

DENONSATSIYA (fr. denoncer – e‘lon qilish, uzish), denonsatsiya qilish — tashqi siyosatda ikki tomonlama xalqaro shartnoma amal qilishini to’xtatishning yoki ko’p tomonlama xalqaro shartnomadan chiqishning eng keng tarqalgan usuli. Odatda, shartnomaning o’zida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.