DEPRESSIYA

DEPRESSIYA (lot. depressio – bosilish, susayish) — 1) iqtisodiy tanglik natijasida va undan keyin boshlanadigan turg’unlik davri. Bu davrda ishlab chiqarish o’smaydi, iqtisodiy jonlanish yuz bermaydi, ishsizlar soni ko’payadi, narxlar bir me‘yorga kelgan bo’lsa ham tovar va xizmatlarga talab past bo’ladi. Tovar zaxiralari ko‗paymaydi, uning ma‘lum qismi arzon bahoda sotiladi. Arzon sotilgan mahsulotlar o’rnini qoplash uchun ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, ish haqini pasaytirishga, mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan choratadbirlar ko’riladi. Tanglikdan keyingi Depressiya iqtisodiy tanglik yakuniy bosqichga o’tganligini va iqtisodiyotda jonlanishni, so’ngra yuksalishni kutish mumkinligidan darak beradi. 2) ruhiy tushkunlik, ezilganlik holati.