Depressiya
Depressiya (lotincha depression-bosilish, susayish)-iqtisodiyotda iqtisodiy tanglik natijasida va undan keyin boshlanadigan turgunlik davri. Bu davrda ishlab chiqarish o’smaydi, iqtisodiy jonlanish yuz bermaydi, ishsizlar soni ko’payadi, narxlar bir me’yorga kelgan esa-da, tovar va xizmatlarga talab past bo’ladi. Tovar zaxiralari ko’paymaydi, uning ma’lum qismi arzon bahoda sotiladi. Tanglikdan keyingi Depressiya iqtisodiy tanglik yakuniy bosqichga o’tganligini va iqtisodiyotda jonlanishni, so’ngra yuksalishni kutish mumkinligidan darak beradi.