Despot
Despot (yunoncha despotis-hukmdor)-1) Vizantiyada imperator tomonidan eng ishonchli kishilarga berilgan unvon. XII asrda imperator Manuil I Komnin tomonidan joriy etilgan. Despot imperatornikiga o’xshash kiyim kiygan va boshqa ko’plab imtiyozlarga ega bo’lgan. Bundan tashqari, ularga alohida provintsiyalarning (masalan, Epir despotati) boshqaruvi topshirilga. Odatda, imperatorning asrandi va kichik o’g’illari Despot unvoniga loyiq ko’rilgan. Keyinchalik unvon boshqa yerliklarga ham beriladigan bo’ldi. Despot tomonidan boshqariladiga hudud despotat deb nomlangan; 2) hokimiyati cheklanmagan hukmdor. Uning boshqaruv shakli despotism, bunday tuzumdagi davlat despotiya deb nomlanadi.