Desyatina
Desyatina (lotincha decima)-1) O’rta asrlarda Yevropada daromadning cherkovga to’lanadigan o’ndan bir qismi. Fransiyada Buyuk Karl davridan (779) boshlab Desyatina to’lash majburiy bo’lgan. Aholining yuqori tabaqasi Desyatinadan ozod edi. Bu, asosan, dehqonlar uchun jabr bo’lib, ular mahsulotning deyarli hamma turlaridan natura shaklida Desyatina to’lagan. Desyatina Fransiyada 1789-1790 yillarda G’arbiy Yevropaning boshqa davlatlarida XIX asrda bekor qilindi. Rossiyada Desyatina knyaz Vladimir Svyatoslavovich (taxminan 978-1015) tomonidan joriy etilgan bo’lib, dastlab cherkov uchun to’langan, keyinroq umumiy soliqqa aylanib ketgan; 2) XVIII asr boshlarigacha Rossiyada yeparxiyaning bir qismi, cherkov okrugi. Desyatinaga desyatilnik (o’nboshi) boshchilik qilgan; 3) metrik o’lchov tizimi qabul qilingunga qadar Rossiyada qo’llanilgan asosiy yuza o’lchovi. 2400 sarjin2 (1,09 gektar)ga teng. XVIII asr oxiri-XIX asr boshida xo’jalik Desyatinasi qo’llanilib, u 3200 sarjin2 (1,45 gektar)ga teng bo’lgan.