Determinativlar
Determinativlar (lotincha determination-cheklov, aniqlash so’zlaridan)-1) Misr vax et iyerogliflarida, shumer va xett mixlatlarida o’qishda talaffuz etilmaydigan va so’zning qaysi turkumga oidligini ko’rsatuvchi belgi. Masalan, Misr iyerogliflarida Determinativlar ilohlar, odamlar, tana a’zolari, hayvonlar, o’simliklar va mavhum tushunchalarni anglatish uchun qo’llanilgan; 2) xitoy iyeroglig yozuvida qator iyerogliflar uchun umumiy bo’lgan, shuningdek, alohida iyeroglif sifatida ham kela oladigan belgi.