Detsimatsiya
Detsimatsiya (lotincha decima-o’ninchi so’zidan)-Qadimgi Rim armiyasida intizom choralaridan biri. Qandaydir xato va kamchiliklarga yo’l qo’ygan bo’linmaning har o’ninchi askarini qatl etish. Odatda, bayroqni yo’qotganlik, isyon va dezertirlik uchun belgilangan. Detsimatsiya haqidagi dastlabki qayd miloddan avvalgi 471 yilga tegishli. Mudhish marosimlar bilan uyg’un holda butun qo’shin huzurida amalga oshirilgan. Shuningdek, qo’shinda sentizimatsiya (har yuzinchi askarni qatl etish) va vetsezimatsiya (har yigirmanchi askarni qatl etish) jazolari ham mavjud edi. Detsimatsiya yangi tarix davrida ham ba’zan qo’llanilgan. Masalan, Finlyandiya va Rossiyaada fuqarolar urushi davrida.