DEVONAI GULXANIY
DEVONAI GULXANIY (13-asr o’rtalari — Bag’dod — 14-asr boshlari) — sozanda, bastakor, musiqashunos, shoir. Darvishali Changiynit musiqa risolasida ta’kidlanishicha, Safiuddin Urmaviy butun Sharqda mashhur o’n ikki maqom tizimini ayni Devonai Gulxaniy taklifi bilan ishlab chiqqan. Devonai Gulxaniy ko’pgina naqsh, savt, peshrav, debocha kabi shakllarda asarlar yaratgan.