Devonbegi

Devonbegi-devon boshlig’i. O’rta asrlarda soliq yig’uvchi muassasa boshlig’i bo’lib, keyinchalik unga mamlakatning barcha moliya ishlari yuklatilgan. Buxoro amirligida devonbegi turli davlat ishi sohalari bo’yicha devonlar hamda viloyatlardagi devonlarni boshqargan. Qo’qon xonligida devonbegi biror viloyat hokimi ixtiyorida bo’lib, chetdan keladigan savdo karvonlaridan boj to’plagan. Xiva xonligida esa devonbegilar ko’p bo’lib, ular elchilik, yasovullik va boshqa ishlarni boshqargan. Masalan, Muhammad Rahimxon I davrida (1806-1825) saroydagi mehtar, qo’shbegilarning har biri ixtiyorida bir nechta devonbegi bo’lgan.