Devonbegi
Devonbegi-1) o’rta asrlarda Sharqdagi islom davlatlarida oliy saroy mansablaridan biri. Sug’orish, moliya, harbiy, aloqa, adliya boshqa ishlarni yurituvchi mahkama (devon) boshlig’i; 2) Buxoro xonligida moliya va xo’jalik ishlarini olib boruvchi mansabdor; 3) Xiva xonligida Devonbegi devon mahkamasi orqali zakot yig’ish va bozorlarda joy puli olish, to’plangan pullarning sarf-xarajat qilinishiga ham boshchilik qilgan. Bosh Devonbegidan tashqari yana 3 ta Devonbegi bo’lib, ular viloyatlardagi bog’ va dalalardan olingan hosilning hisobini olish, otlarga yem-xashak olib berish va saroyning mayda-chuyda xo’jalik xarajatlarini ham boshqargan.