Dilijans
Dilijans (fransuzcha carosse de diligence-chaqqon ekipaj)-yo’lovchilar, pochta va yuk tashishga mo’ljallangan otga qo’shiladigan yopiq ekipaj. XVI asrda Angliyada paydo bo’lgan. Pochta Dilijanslari XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida keng tarqalgan. Ularning o’rtacha tezligi soatiga 9-10 kilometr edi. Temir yo’l va daryo paroxodlari paydo bo’lishi bilan, Dilijanslar o’z mavqeini boy bera boshlagan. Oxirgi Dilijanslar XX asr 20-yillariga qadar faoliyat ko’rsatgan.