DISPERSNOY ANALIZ

DISPERSNOY ANALIZ – matematik statistika usullaridan biri; bir necha omillarga bog’liq tajribalar natijalarini tahlil qilishda, bu omillarning qaysi biri shu tajriba natijasiga qanday ta’sir qilishini aniqlash. Bu usulni 1925 yilda ingliz statistik olimi R. Fisher agronomiyaga doir tajribalar natijalarini urganish uchun taklif qilgan. Dispersnoy analizning asosiy masalalaridan biri — tajribada kuzatilgan natijalarning jami normal taqsimotga ega bo’lgan bir xil tasodifiy miqsor qiymatlari to’plami yoki o’rtacha qiymatlari turlicha bo’lgan normal taqsimlangan bir necha tasodifiy miqdorlar qiymatlari to’plami ekanligini aniqlashdan iborat. Dispersnoy analizning eng sodsa masalasi tajriba natijalariga ko’ra bir xil dispersiyaga ega bo’lgan normal taqsimlangan tasodifiy miqdorlar guruhlarining o’rta qiymatlari tengligi haqidagi statistik gipotezani tekshirish masalasidir. Dispersnoy analizda shunga o’xshash masalalarni hal qilishning mikdoriy usullari ishlab chiqilgan. Masalan, agar tajriba o’tkazish mobaynidagi barcha o’lchashlar natijasi teng chiksa va tasodifiy xatolar normal taqsimot qoidasiga bo’ysunsa, u holda yakuniy natija maxsus (dispersion taqsimot) jadvallari yordamida aniqlanadi. Dispersnoy analiz ayniqsa qishloq xo’jalik sohasidagi turli xil agronomik usullarni, yangi navlarni solishtirish bilan bog’liq bo’lgan tajribalarning natijalarini tadqiq qilishda, shuningdek, iqtisodiyot, texnika, biologiya va boshqa sohalarda qo’llaniladi.