DISPERSION PRIZMALAR

DISPERSION PRIZMALAR – optik prizmalarning bir guruhi; nurlanishlarni to’lqin uzunligiga qarab spektrlarga ajratishga xizmat qiladi. Asosan, spektral asboblarda ishlatiladi. Nurlanishlarning Dispersion prizmalarda ajralishi shu prizmadan o’tayotgan nurlar og’ish burchagi 8 ning turli uzunlik X dagi to’lqinlarning sinish ko’rsatkichlariiga bog’liqligi natijasidir. Dispersion prizmalar kuzatilayotgan spektr sohasiga qarab turli xil materialdan: ko’rinuvchi sohalar shishadan; Ultra-binafsha sohalar kristall kvars, flyuorit va boshqalar moddalardan; infraqizil sohalar litiy, ftorit, osh tuzi va boshqa moddalardan yasaladi. Dispersion prizmalarning spektrga ajrata olishi prizma yasalgan moddaning solishtirma og’irligiga bog’liq.